STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY

STARS International University - Oʻzbekistondagi eng ko’p xalqaro akkreditatsiyalardan oʻtgan milliy universitet hisoblanadi. 2033-yilgacha bo’lgan rivojlanish strategiyasiga tayangan holda, STARS Universiteti mahalliy va xalqaro talabalar uchun ko’plab noyob imkoniyatlarni taqdim etadi.



Noyob imkoniyatlar bilim izlovchilarning keng doirasi uchun xohish-istaklarini cheklamagan holda mavjud:

Har bir shaxs uchun teng imkoniyatlar va ochiq ta'lim yaratish boʻyicha universitet strategiyasi doirasida vaqtincha moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslar, shuningdek, imkoniyati cheklangan shaxslarga grantlar va maxsus imtiyozli shartlar taqdim etiladi.
STARS Universiteti quyidagilar uchun ideal tanlov hamda yechim bo’la oladi:

Turli maktab olimpiadalari va musobaqalari ishtirokchilari
A’lo akademik muvaffaqiyatlarga erishgan maktab va kollej bitiruvchilari.
Jamiyat hayoti va volontyorlik dasturlarida faol ishtirok etuvchilar.
STARS Universitetining mintaqadagi barcha universitetlardan ustunligi xalqaro

global sertifikatsiyalarni universitet hisobidan taqdim etishida. Xalqaro

sertifikatlarni aynan STARS universitetida olish - bakalavriat dasturini tugatmasdan

avval, jamiyatda xalqaro e'tirof va katta moliyaviy imkoniyatlar eshiglarini

ochilishidir.



Universitetning moliyaviy yo’nalishi bo’lgan 52309000 - Buxgalteriya hisobi va audit bo'yicha milliy Bakalavriat dasturi Britaniya hukumati nomidan faoliyat yurituvchi ECCTIS (UK ENIC) milliy agentligi tomonidan tan olingan va universitet tomonidan berilgan diplom Britaniya universitetlari bakalavriat diplomlariga teng hisoblanadi va nostrifikatsiya talab etilmaydi.

STARS Universiteti ACCA asosiy malakasiga oid 9 ta fan, shuningdek, ACCA DipIFR – Diploma in International Financial Reporting boʻyicha o'quv qo'llanmalarni o'zbek tiliga tarjima qilishning eksklyuziv huquqlariga ega.

Asosiy bakalavriat yo'nalishi bo'yicha o'qish davomida talabalar universitet hisobidan qo'shimcha ravishda xalqaro darajadagi quyida keltirilgan sertifikatlashdan o'tadilar:

Association of Chartered Certified Accountants (ACCA) – Buyuk Britaniya
SAP SE – Germaniya
Microsoft Global - AQSH
STARS Universitetiga qabul

2023/24 o‘quv yili uchun ajratilgan kvota 300 nafardan ko‘p emas. Ariza topshirish muddati 2023-yil 6-iyuldan 26-avgustgacha davom etadi. STARS Universitetiga kirish uchun yosh chegarasi mavjud emas. Har bir abiturient test sinovlaridan o’tkaziladi va alohida ko'rib chiqiladi.

Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash

STARS Universiteti noyob akademik imkoniyatlar bilan bir qatorda, o'z talabalariga Yevropa, Osiyo va Amerikadagi hech bir universitet taqdim etmaydigan imkoniyatlarni taqdim etadi, xususan:

Shartnomaning to'liq narxini 10 muddatli to’lovlarga bo'lib to'lash.
Sirtqi bo‘lim talabalari uchun bepul issiq ovqat.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va sanatoriy-kurortlarda davolanishi uchun urli imtiyozlar, shuningdek, bepul sayohatlarni ta’minlovchi universitet hisobidan kasaba uyushmasiga a’zolik.
Mamlakatdagi eng yaxshi klinikalaridan birida yillik bepul tibbiy ko'rik.
Talabalarni xalqaro konferensiyalar, seminarlar, forumlar va tanlovlarda ishtirok etishlari uchun moddiy jihatdan qo‘llab quvvatlash.
Turli musobaqalar va tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalarga pul mukofotlari.
Universitet hisobidan Digital Object Identifier (DOI) va International Standard Book Number (ISBN) tizimlarida talabalarning ilmiy maqolalarini indekslashni amalga oshirish.
Taqdim etilgan noyob akademik afzalliklar, global sertifikatlash, ijtimoiy qo'llab quvvatlash va shart-sharoitlar asosan STARS universitetini boshqa dunyo universitetlaridan ajratib turadi va sifatli ta'lim, talabalar maqsadlariga erishish va muvaffaqiyatni kafolatlaydi.



STARS Universitetining moddiy-texnik infratuzilmasi

A. O’quv kampusi

STARS Universitetining yuqori texnologiyali o'quv kampusi sifatli ta'limni targ'ib qiluvchi keng imkoniyatlar va zamonaviy resurslari bilan ajralib turadi, jumladan:

Ilg'or texnologiyalar, xususan, Smart texnologiyalarga ega sinfxonalar.
500 Mbit/s tezlikdagi bepul Wi-Fi.
O'qish va dam olish o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash uchun yaratilgan aktiv dam olish va sport work-out uchun mo’ljallangan hudud.
Milliy va xalqaro taomlardan iborat keng menyuga ega, kuniga olti mahal ovqatlanishni taklif qiluvchi, Toshkent bo’ylab yetkazib berish imkoniyatlariga ega zamonaviy oshxona.
O‘quv va ilmiy tadqiqotlar uchun qog’oz va elektron ko’rinishda katta hajmdagi resurslarga ega zamonaviy kutubxona.
Noyob turdagi o'simliklarga ega hamda toza havoda dam olish zonalari mavjud bo’lgan shaxsiy bog’.
Bepul tibbiy maslahat va birinchi yordam ko'rsatadigan tibbiy xizmat.
Fors-major holatlarida o’quv binosining shahar elektr ta’minotidan mustaqilligini ta’minlaydigan mustaqil elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun avtonom elektr generatori.
O’zining avtomatlashtirilgan statsionar issiq suv va gaz qozonxonasi.
Shahar tizimidagi baxtsiz hodisalarda o’quv binosini suv bilan ta'minlaydigan bir necha tonnali mustaqil yer osti suv rezervuari.
Shaxsiy GTSH (gaz taqsimlash shahobchasi).
Poytaxtning eng ko’zga ko’ringan va borish oson joylaridan biridagi, 17, 24, 83, 98, 199-sonli avtobus yo’nalishlari, 28m, 76-sonli yo’nalishli marshrut taksilari to’xtash joyiga yaqin, Pushkin metro bekatidan 100 metr masofa uzoqlikdagi, shuningdek, Salar temiryo’l vokzali (“Xojikent” va “Janubiy” vokzal stansiyalari oralig’idagi shahar chekkasiga qatnovchi elektr poyezd) yaqinidagi joylashuv.


Sport kompleksi

STARS Universiteti o‘z talabalarining jismoniy tarbiyasi va salomatligiga alohida e’tibor beradi. Mintaqadagi boshqa ko'plab universitetlardan farqli o'laroq, STARS universitetida jismoniy tarbiya fani majburiydir. STARS Universitetida butun o’qish davri mobaynida, talabalarning jismoniy tarbiyasida, turli xil o'quv va amaliy mashg'ulotlar qo’llaniladi.

Har bir talaba bir yoki bir nechta yo'nalishlarni tanlash imkoniyatiga ega, masalan:

Suzish
Fitness
Aerobika
Yoga
Dzyudo
Boks
Kurash
Basketbol
Voleybol
Futbol
Tennis.
Shuning uchun talabalarni go'zal va sog'lom turmush tarzini shakllantirishga undash uchun STARS universitetida jismoniy tarbiya fani majburiydir. STARS Universiteti o‘z talabalariga o’quv binosidan unchalik uzoq bo’lmagan

hamda umumiy maydoni 60 gektar bo‘lgan zamonaviy sport majmuasini taqdim etadi.

Sport majmusi infratuzilmasiga quyidagilar kiradi:

Suzish havzasi
Futbol stadioni
Yengil atletika stadioni
Sport zali
Basketbol maydoni
Voleybol maydoni
Badminton maydoni
Tennis korti
Boks zali
Dzyudo zali
Kurash zali (milliy, klassik, erkin)


Talabalar turar joyi

STARS Universiteti o'zining shahar tashqarisida istiqomat qiluvchi va xalqaro talabalarini qulay, lyuks toifasidagi talabalar turar joyi bilan ta'minlaydi.

STARS Talabalar turar joyi quyidagi qulayliklarga ega:



Dam olish hududi + PlayStation 5
Shaxsiy Smart TV + 3000 dan ortiq kanallar, 2000 dan ortiq filmlar
500 Mb/s tezlikdagi bepul WI-FI
Elektron kalitlariga ega shaxsiy javonlar
Zamonaviy alohida yuvinish xonalari va hojatxonalar 24/7 rejimda issiq va sovuq suv
Muzlatgichlar Mikroto'lqinli pechlar Kir yuvish mashinalari
Namoz xonasi
Konditsioner tizimi 24/7 rejimda uzluksiz elektr energiyasi (shaxsiy generator).
Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv va yong‘indan himoya qilish tizimlarining mavjudligi.
Talabalarning shaxsiy kiyimlari va choyshablari yotoqxona xodimlari tomonidan BEPUL yuviladi va dazmollanadi.
STARS Talabalar turar joyi Toshkent shahrining eng qulay joylaridan birida, Mirzo Ulug’bek ko’chasi bo’yida, STARS o'quv binosidan 1.9 kilometr uzoqlikda, Buyuk Ipak Yo'li metro bekatidan 800 metr uzoqlikda hamda 14, 17, 63, 83, 96, 98, 110, 199, 129, 151-sonli avtobuslari, 28m, 137m-sonli marshrut taksilari to’xtash joyiga yaqin joyda joylashgan.

STARS Talabalar turar joyi yiliga 12 oy uzluksiz ishlaydi.



STARS Universitetiga qabul

2023/24 o‘quv yili uchun ajratilgan kvota 300 nafardan ko‘p emas. Ariza topshirish muddati 2023-yil 6-iyuldan 26-avgustgacha davom etadi.

STARS Universitetiga kirish uchun yosh chegarasi mavjud emas. Har bir abiturient test sinovlaridan o’tkaziladi va alohida ko'rib chiqiladi.

Hujjatlari: Yuklab olish

Manzil: Toshkent Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yo'li ko'chasi 2

Ta'lim yonalishlari

B

Kunduzgi
24 000 000

Sirtqi
22 000 000

Kechki
Mavjud emas

Hujjat topshirish