Andijon davlat chet tillari instituti

Davlat universiteti Andijon viloyati

Universitet haqida

Institut haqida : Andijon davlat chet tillari instituti — chet tillari sohasi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan oliy oʻquv yurtlaridan biri.

O‘zbekiston prezidenti Andijon davlat chet tillar institutini tashkil etishni 31-maydagi qarori bilan tasdiqladi. Institutda o‘quv jarayoni 2022/2023-o‘quv yilidan boshlandi va talabalarga ikkita xorijiy til bo‘yicha kvalifikatsiya beriladi.

Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari

Xorijiy tillar sohasi bo‘yicha oliy maʼlumotli, ilmiy hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash; o‘quv jarayonida xalqaro baholash dasturlari, standartlaridan foydalanish, o‘qitish hamda baholashning zamonaviy shakllari, texnologiyalari va metodlarini joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarni tayyorlash; ilmiy loyihalarni amalga oshirish shuningdek, yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma taʼlim dasturlari joriy etish; Xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida yuqori 1 000 talik o‘rinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasasining dasturi asosida o‘z taʼlim dasturlarini shakllantirish va yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan mustaqil ravishda qo‘shma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni joriy etish; Taʼlimni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, shuningdek, o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish, jumladan, o‘quv jarayonini talabalarda mustaqil taʼlim olish va amaliy, badiiy, sinxron, ketma-ket va ilmiy-texnik tarjima ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirish; Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish, jumladan, professor-o‘qituvchilar stajirovkasi hamda malaka oshirishini xorijiy va nufuzli respublika oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tashkil etish institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari sanaladi.


Universitet grantlari :

Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.



Kirish uchun talablari : BMB(DTM) tomonidan tashkil etiladigan davlat imtihonlarida qatnashish.



Universitet yotoqxonasi : Universitetda yotoqxona mavjud.


Universitet stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.


To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

 - Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

 - Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

 - Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.


I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

 - I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

 - To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.


Xalqaro hamkorlik : Andijon davlat chet tillari institutida talabalarni qo'lab quvvatlash maqsadida dunyoning yetakchi 10 da ortiq davlatlarining 30 dan ortiq OTM lari bilan talabalar almashinuvi dasturlari yo'lga quyilgan bo'lib unda 100 dan ortiq talabalarimiz ishtirok etishgan.

Ta'lim yo'nalishlari

Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus tili

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

Xorijiy til va adabiyoti: rus tili

Lingvistika: ingliz tili

Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili)

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) magistratura

Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili

Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlimda xorijiy til: ingliz tili

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili

+998 97 123 13 00 +998 97 190 13 00 Telegram