Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Xususiy universitet Qashqadaryo viloyati

Universitet haqida

Axborot texnologiyalari va menejment universitetiga 2022-yilda 30 - dekabrda asos solingan bo‘lib, universitet xususiy ta’lim xizmatlarini taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 056524 raqamli litsenziya bilan litsenziyalangan, qisqa muddatlarda mamlakatimizning oliy ta’lim sohasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi va hozirda 5000 dan ortiq talabalarga ta'lim berib kelmoqda. Bizning universitet hozirgi kunda eng talab yuqori bo`lgan yo`nalishlar asosida zamonaviy IT-texnologiyalari, iqtisodiyot, moliya va pedagogik kadrlar tayyorlovchi taʼlim muassasi hisoblanadi. Axborot texnologiyalari va menejment universiteti, bugungi kunda ahamiyatli yonalishlardan biri hisoblanadi. Bu universitetning o'ziga xos yondashuvlari va o'zining faoliyatining tushunchalariga ko'ra, uni ijobiy fikrlar bilan ta'riflash mumkin. Axborot texnologiyalari sohasi, kompyuter tizimlarini va ulardan foydalanish usullarini o'rganish, ma'lumotlar tahlili va nazorati, internet va yunalishlari, avtomatlashtirish, yangi texnologiyalarni o'rganish va ularni amaliyotda qo'llash kabi bir qancha yo'nalishlarni o'z ichiga oladi. Bu sohani o'rganish insonlar uchun yangi xavfsiz va qulay tizimlar yaratish imkoniyatlarini ochadi va ularga eng so'nggi xabarlar, yozuvlar, ma'lumotlar va boshqa axborotlar mavjud bo'lishi mumkin. Menejment sohasi esa, boshqaruvning bir qancha yo'nalishlari bilan bog'liqdir. Bu sohani o'rganish, tashkilotni yaxshi boshqarish va uning faoliyatini rivojlantirishning eng yaxshi usullarini o'rganish, tashkilotning qo'shimcha xizmatlarni ko'rsatish, ish faoliyatini rivojlantirish, ommaviy xizmatlarni ko'rsatish, ishchi tayyorlash va boshqa bir qancha muammolarni hal qilishni o'z ichiga oladi.


Universitetga kirish uchun eng kam talablar :

Universitet tomonidan tashkil etiladigan kirish imtihonlarida qatnashish.


Universiteting yotoqxonasi haqida :

Universitet kunduzgi va kechki ta'lim shakli talabalarini yotoqxonalar bilan tanminlaydi, sirtqi ta'lim shakli talabalariga ham kvartera topishga yordam berishadi.


Universitet stipendiyasi :

Universitetda stendiyalar ham mavjud va har bir semistirda yuqori ball olgan talabalar uchun har bir semistirga beriladi.


Universitet tomonidan beriladigan moddiy yordamlar :

Universitet talabalarini qo'llab quvvatlash maqsadida talabalar uchun moddiy yordam va chegirmalar ajratadi. Moddiy yordam va chegirmalar olish suhbat asosida beriladi.Universitet talabalarning shartnoma so'malaridan chegirmalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun beriladi.

Ta'lim yo'nalishlari

Iqtisodiyot

Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Bank ishi

Menejment

Psixologiya (Faoliyat turlari bo‘yicha)

Maktabgacha ta‘lim

Boshlang‘ich ta‘lim

Maxsus pedagogika

O‘zbek tili va adabiyoti

Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili

Dasturiy injiniring

Kompyuter injiniringi

Axborot xavfsizligi

Kiberxavfsizlik injiniringi

Arxitektura (turlari bo‘yicha)

Matematika

Tarix

Milliy g‘oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi

Iqtisodiyot (Magistratura)

Lingvistika (Magistratura)

Kompyuter injiniringi (Magistratura)

Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Magistratura)

Matematika (Magistratura)

Tarix (Magistratura)

+998 97 123 13 00 +998 97 190 13 00 Telegram