Oriental universiteti

Xususiy universitet Toshkent shahri

Universitet haqida

Universitet haqida:

“ORIENTAL UNIVERSITETI” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021-yil 25-maydagi 0022-sonli litsenziyasi asosida O‘zbekiston Respublikasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan. Universitetda 28 ta bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 8000 ta talaba tahsil olmoqda , 14 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 400 ta magistrlar o‘z bilimlarini mustahkamlab, yangi ilmiy jarayonlarga tayyorlanmoqda. Bu hali hammasi emas, yangi o‘quv yilidan universitetimizda 4 ta doktorantura ixtisosliklari uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan litsenziya ham berildi. Bundan tashqari Oriental universiteti tomonidan yangi o‘quv yili uchun euro guruhlar tashkil etish va darslarni rus tilida ham olib borilishi ko‘zda tutilgan va bu uchun alohida kvotalar ham ajratilgan.


Universitet Grantlari:

Universitetimiz tomonidan ajratiladigan grantlar mavjud. Grant uchun ajratilgan joylar 20 ta , 10 ta Universitet granti ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga, 10 ta Rektor granti o‘tish imtihonlarida yuqori ball to‘plaganlarga. Grantlar faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun 4 yil muddatga beriladi. Kirish ballari grant va to‘lov shartnoma(kontrakt) uchun online imtihon natijalariga qarab eng yuqori ball olgan abituriyentlar tanlab olingandan keyin har bir yo‘nlashda farq qilishi mumkin.


Universitet talabalari uchun yotoqxona va stipendiya:

Universitet talabalari uchun yotoqxonalar mavjud, talabalikka tavsiya etilganlar universitet ma’muriyatiga yotoqxona uchun murojaat qilishlari mumkin. Universitetda talabalar uchun stipendiyalar ham mavjud har bir semestr uchun stipendiya ajratiladi va semestrni yuqori ballar bilan yakunlagan talabalar uchun beriladi.


Ijtimoiy himoya:

Universitet tomonidan talabalarga to‘lov shartnoma so‘mmalarida maxsus chegirmalar ham beriladi bu kimlar: Yoshlar daftari, ayollar daftarida ro‘yxatda turadigan va 1-2 - guruh nogironligi bo‘lgan universitet talabalari uchun.


Xalqaro dasturlar:

Oriental universiteti dunyoning 14 ta nufuzli universitetlari bilan aloqa o‘rnatgan bo‘lib, bugungi kunda talaba almashinuvi dasturi bo‘yicha universitetning iqtidorli talabalari dunyo reytingidagi yetakchi universitetlarda bepul ta’lim olishlari yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, Turkiya davlatining Nejmittin Erbakan, Karabuk, Kafkas, Anqara universitetlari, Janubiy Koreya Respublikasining Sejong akademiyasi, Latviya Respublikasining Latviya fanlar va texnologiyalar universiteti, Qozog‘iston Respublikasining Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Polsha davlatining WSB universiteti, Malayziya davlatining Utara menejment universiteti hamda Terenganu davlat universitetlari bilan memorandumlar imzolangan. Talabalar har yili 1-semestr davomida OTMlarda talabalar almashinuvi bo‘yicha o‘qib kelishadi. Ushbu imtiyoz mutlaqo bepul hisoblanib, universitet tomonidan qoplanib beriladi. Bundan tashqari, Oriental universitetida "Work and Travel" dasturi ham mavjud.

              

Bundan tashqari, ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan talabalar uchun 50 % chegirma berib boriladi. O'qish davomida ishlash imkoniyati ham qisman bor.

Universitetning hozircha boshqa filiallari mavjud emas.

Ta'lim yo'nalishlari

Tarix

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)

Boshlang‘ich ta‘lim

Turizm (faoliyat yoʻnalishlari bo‘yicha)

Maktabgacha ta‘lim

Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili

Jismoniy madaniyat

Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘limda jismoniy tarbiya va sport

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) (magistratura)

Tarix (magistratura)

Ta‘lim menejmenti

Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) (magistratura)

Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)

Lingvistika (ingliz tili)

Lingvistika: arab tili

Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) (magistratura)

Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta‘lim)

Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)

Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”, “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash”, “Axborot va multimedia texnologiyalari”)

Dasturiy injiniring (magistratura)

Raqamli iqtisodiyot (magistratura)

Davlat moliyasi va xalqaro moliya

Pedagogika va psixologiya (magistratura)

Maxsus pedagogika (faoliyat turlari)

Matematika va informatika

Kompyuter injiniringi ("Kompyuter injiniringi", "AT-servis", "Axborot xavfsizligi", "Multimedia texnologiyalari")

Dasturiy injiniring

Bank ishi

Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

Logistika (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Pedagogika

Psixologiya (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)

O‘zbek tili va adabiyoti

Psixologiya: amaliy psixologiya

+998 97 123 13 00 +998 97 190 13 00 Telegram