Osiyo Xalqaro Universiteti

Xususiy universitet Buxoro viloyati

Universitet haqida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2022-yil 10-noyabr kuni 1129795-raqamli litsenziya Osiyo Xalqaro Universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun berildi.


Osiyo Xalqaro Universiteti raqobatbardosh, pesh qadamda jadal rivojlanib borayotgan zamonaviy va sifatli ta'lim beradigan maskan. O'z karyerasini keyingi bosqichga ko'tarishga intilayotgan har qanday yoshdagi talabalar uchun mo'ljallangan. Universitetda nafaqat talabalarga nazariy ta'lim, balki ularning kelajakdagi karyerlari uchun amaliy bilim va ko'nikmalar berib boriladi. Talabalar uchun yuqori ko'rsatkichli tashkilotlarda muvaffaqiyatli bo'lishda zarur bo'ladigan bilimlar ko'p yillik tajribaga ega o'qituvchilar tomonidan beriladi. Pedagog kadrlarimiz: fan nomzodlari, fan doktorlari va professorlar. Universitet Buxoro va Xorazm filiallarida jami 10 ta o'quv binosi — Buxoroda 7 ta, Xorazmda 3 ta binolardan iborat bo'lib, 19 ta kompyuter xonasi, kutubxona, ARM xonasi, 42 ta laboratoriya xonasi bilan to'liq jihozlangan. Universitet bakalavr darajasi uchun 35 ta ta'lim yo'nalishi, magistratura uchun esa 14 ta ta'lim yo'nalishi — jami 90 dan ortiq ta'lim yo'nalishiga ega. Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning 31-moddasida "Nodavlat oliy ta'lim tashkiloti tomonidan beriladigan diplom davlat oliy ta'lim muassasalari diplomi bilan teng darajada tan olinadi.


Zamonaviy infratuzilma:

— 19 ta kompyuter xonasi

— Mini farmatsevtika zavodi

— 2 ta filialda (Buxoro va Xorazm) simulyatsiya markazlari

— OXU Med Dental stomatologik klinikasi

— Texnik laboratoriyalar

— Shahar markazida joylashuv

— O'zbekiston Respublikasida to'liq tan olinadigan diplom

— Osiyo Xalqaro Maktabgacha Ta'lim Muassasasi (OXU Kids)

— Osiyo Xalqaro Maktabi

— Asia International Hospital — ko'p tarmoqli zamonaviy shifoxona


Qabul kvoasi : Har yili qabul kvotalari qabul rejalari asosida farq qilishi mumkin.


Grantlar : Osiyo Xalqaro Universitetida grantlar mavjud va bu grantlar davlat tominidan ajratiladi. Ichki imtihonlarda yuqori ball to'plagan talabalar uchun taqdim etiladi.


Kirish talablari : Ijtimoiy yo`nalishlarda ichki imtihonlarda (max - 150 ball) 60 ball olish talab etiladi. Tibbiyot yo'nalishlarida ichki imtihonlarda (max - 150 ball) 100 ball olish talab etiladi.


Yotoqxona : Yotoqxonalar mavjud.


Stipendiya : Har oy yakunida iqtidorli talabalar o‘rtasida imtihonlar tashkil qilinib, imtihondan olgan baliga qarab (300-500 ming so‘m ) atrofida stipendiyalar beriladi.


Talabalar olishi mumkin bo'lgan moddiy yordam : Osiyo Xalqaro Universitetida kontrakt to'lovini 30-sentabrgacha 100% miqdorda amalga oshirganda 10% chegirma qilinadi.

Ishlash imkoniyati : Shartnoma qilingan korxonalarga talabalar yo‘naltiriladi va imtihon asosida ishga qabul qilinadi. Bundan tashqari, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan magistrlarimiz universitetimizning o‘zida ish bilan ta’minlanadi.


Osiyo Xalqaro Universiteti - Xalqaro darajadagi ta’lim maskani!

Ta'lim yo'nalishlari

Stomatologiya

Davolash ishi

Pediatriya ishi

Farmatsiya

Oliy hamshiralik ishi

Xalqaro munosabatlar

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

BUSINESS ADMINISTRATION (1+3), (2+2)

Iqtisodiyot

Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Marketing

Menejment

Soliqlar va soliqqa tortish

Logistika

Axborot tizimlari va texnologiyalari

Maktabgacha ta‘lim

Boshlang‘ich ta‘lim

Maxsus pedagogika (Logopediya)

Pedagogika

Psixologiya

Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili

Siyosatshunoslik

Turizm va mehmondo‘stlik

Tarix

Matematika

Biologiya

Jismoniy madaniyat

Kadastr

Transport vositalari muhandisligi

Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati)

Texnologik mashinalar va jihozlar (temir yo‘l sanoati)

Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

Energetika muhandisligi

Konchilik ishi

Stomatologiya (Magistratura)

Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (Magistratura)

Iqtisodiyot (magistratura)

Ta‘limda axborot texnologiyalari (Magistratura)

Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi: boshlang‘ich ta‘lim (Magistratura)

Pedagogika (Magistratura)

Psixologiya (Magistratura)

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (Magistratura)

O‘zbek tili va adabiyoti (Magistratura)

Rus tili va adabiyoti (Magistratura)

Matematika (Magistratura)

Tarix (Magistratura)

Jismoniy tarbiya va sport va mashg‘ulotlari (Magistratura)

Morfologiya (Magistratura)

+998 97 123 13 00 +998 97 190 13 00 Telegram