🎓"Profi University" 2021-yil dekabr oyida o‘z faoliyatini boshlagan va universitetning dastlabki rejalarida ham viloyatlarda "Profi"ning filialini ochish g‘oyasi bor edi. Va biz viloyatlardagi ilk filialimiz uchun Navoiy shahrini tanladik. 2022-yil 13-avgust kuni Navoiy shahrida yashovchi insonlarning yodida qolganiga shubha yo‘q.
"Profi university"ning litsenziyasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan qayta yangilandi. Endilikda universitet ikki shaharda - Toshkent va Navoiy shaharlarida faoliyat olib bormoqda. O'z yo'nalishlarini esa yana yangi sohalar bilan ham to'ldirdi. Bu esa "Profi University"ning oliy maqsadini amalga oshirishni boshlash uchun tamal toshi bo'lib xizmat qildi.
"Profi university"ning oliy maqsadi - ta'lim orqali har tomonlama tanqidiy fikrlay oladigan o'z bilimi va salohiyati bilan o'zining va atrofdagilarining hayotini yaxshilay oladigan kadrlarni tayyorlashdir.
Ayni vaqtda "Profi University" Navoiy flialida 2000 dan ortiq talaba tahsil oladi. Abituriyentlar universitetga imtihon asosida qabul qilinadi.
Filialning o‘ziga tegishli yotoqxonasi ham bor.
Davolash ishi
Stomatologiya
Iqtisodiyot
Axborot tizimlari va texnologiyalari
Bank ishi
Buxgalteriya hisobi va audit
Marketing
Psixologiya
Pedagogika
Maktabgacha ta’lim
Boshlang‘ich ta’lim
O‘zbek tili va adabiyoti
Rus tili va adabiyoti
Xorijiy til va adabiyoti
Turizm va mehmondo'stlik