Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti

Xususiy universitet Toshkent shahri

Universitet haqida

Toshkent amaliy fanlar universiteti (TAFU) — zamonaviy ta’lim va real amaliyotni birlashtirgan innovatsion oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.


TAFUning asosiy maqsadi — talabalarni nafaqat diplomli mutaxassis, balki mehnat bozoriga tayyor mutaxassis sifatida shakllantirishdir. Shu sababli universitetda ta’lim jarayoni faqat nazariya bilan cheklanmaydi: talabalar haftasiga 1–2 kun o‘z yo‘nalishiga mos kompaniya va tashkilotlarda amaliyot o‘taydi. Bu esa ularga o‘qish davridayoq tajriba orttirish va kelajakdagi faoliyatiga mustahkam poydevor yaratish imkonini beradi.


Shuningdek, universitet Malayziyaning Lincoln University bilan almashinuv dasturini amalga oshirmoqda. Germaniya, Estoniya, Janubiy Koreya, Polsha va Latviya kabi davlatlardagi universitetlar bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda.


Universitetda zamonaviy ta’lim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. TAFU talabalari uchun grant dasturlari, Chegirma va imtiyozlar mavjud.

Ta'lim yo'nalishlari

Iqtisodiyot

Bank ishi

Buxgalteriya hisobi

Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Marketing

Menejment

Soliqlar va soliqqa tortish

Axborot tizimlari va texnologiyalari

Dasturiy injiniring

Kompyuter injiniringi

Axborot xavfsizligi

Boshlang‘ich ta‘lim

Maktabgacha ta‘lim

Psixologiya

Texnologik ta’lim

Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

O‘zbek tili va adabiyoti

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

Tarix

Turizm va mehmondo‘stlik

Iqtisodiyot (Magistratura)

Bank ishi (Magistratura)

Buxgalteriya hisobi (Magistratura)

Turizm va mehmondo'stlik (Magistratura)

Psixologiya (Magistratura)

O'zbek tili va adabiyoti (Magistratura)

Lingvistika: ingliz tili (Magistratura)

Lingvistika: o'zbek tili (Magistratura)

+998 97 123 13 00 +998 97 190 13 00 Telegram