Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (Qo'shma ta'limlari)

Davlat universiteti Toshkent shahri

Universitet haqida

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti haqida:

1918-yil noyabr oyida Toshkentda Turkiston Sharqshunoslik instituti tashkil etildi. Bu institut O‘rta Osiyo tarixida birinchi sharqshunoslik oliy o‘quv yurti sifatida qo‘shni mamlakatlar uchun ham sharqshunoslik fanining turli sohalari bo‘yicha malakali mutaxassislar yetishtirib bera boshladi. 1990-yilda Toshkent Davlat universitetining Sharq fakulteti negizida universitetning Sharqshunoslik instituti tashkil qilindi. Oradan ko`p otmay, 1991-yil 15-iyulda esa bu institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga aylantirildi. Yangi O`zbekiston rivojlanish va taraqqiyot strategiyalariga muvofiq ravishda oily ta’lim tizimida keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi, shu jumladan, sharqshunoslik ilm va ta’limining yangi ufqlari belgilandi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4680-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi.


Qabul qilish tartibi : Abituriyentlar oliygohga kirish imtihonlarida BMB agentligining namunaviy test savollari natijalari orqali saralanadi.

Talab qilinadigan hujjatlar:

Bakalavriat:

Avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun:

 pasport;

 diplom;

 til bilishi sertifikati; (agar mavjud boʻlsa)

 imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.

 toʻlov summasi

Joriy yil bitiruvchilari uchun:

 pasport;

 bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).

Magistratura:

- Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: abituriyentning bakalavriat diplomi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati

Magistratura bosqichida xotin-qizlar uchun to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud.


Universitet stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.


To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

 - Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

 - Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

 - Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.


I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

 - I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

 - To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.



Xalqaro hamkorlik:

Bugungi kunda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDShU) 100 ga yaqin xorijiy oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Jumladan, Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston, Vyetnam, Malayziya, Indoneziya, Misr, Turkiya, Eron, AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Frantsiya, MDH mamlakatlarining bir qator nufuzli universitet va tashkilotlari.


TDSHU yotoqxonasi:

Universitetning talabalar turar joyida jami 290 ta talaba-yoshlar yashab kelmoqda. Shundan qiz talabalar 140 nafar va o’g’il bola talabalar 150 nafarni tashkil qiladi. TTJ da talabalar bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun sport zali, kutubxona doim faoliyat yuritadi.


Ta'lim yo'nalishlari

Antropologiya va etnologiya

Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati)

Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: dariy tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: fors tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: hind tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: mumtoz sharq tillari (arab tili)

Filologiya va tillarni o‘qitish: pushtu tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: urdu tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: uyg‘ur tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: fors tili

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: turk tili

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)

Jurnalistika: xalqaro jurnalistika

Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: arab tili

Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: fors tili

Tarix: Afg‘oniston tarixi

Tarix: arab mamlakatlari tarixi

Tarix: Eron tarixi

Tarix: Koreya tarixi

Tarix: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi

Tarix: Turkiya tarixi

Tarix: Xitoy tarixi

Tarix: Yaponiya tarixi

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: arab tili

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: urdu tili

Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha )

Xalqaro munosabatlar

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Eron

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Malayziya

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Turkiya

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Xitoy

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Yaponiya

Adabiyotshunoslik (sharq tillari)

Etnografiya, etnologiya va antropologiya

Lingvistika (sharq tillari)

Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (tillar bo‘yicha)

Mumtoz filologiya (turlari bo‘yicha)

Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (sharq tillari)

Sharq falsafasi va madaniyati

Sinxron tarjima (sharq tillari)

Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha)

Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (mamlakatlar bo‘yicha)

Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)

Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)

Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)

Filologiya va tillarni o‘qitish: indonez tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: malay tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: mumtoz sharq tillari (fors tili)

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: malay tili

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: urdu tili

Tarix: hindiston tarixi

Tarix: pokiston tarixi

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: koreys tili

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: turk tili

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: arab mamlakatlari

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: koreya

+998 97 123 13 00 +998 97 190 13 00 Telegram