TMC Xalqaro Instituti – bu zamonaviy xalqaro ta’lim markazi bo‘lib, 2021-yil 6-aprel kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan. Institutning asoschisi va 100% aksiyadori – Singapurning yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Advanced Investment Holding” hisoblanadi.
Institut qisqa vaqt ichida jadal rivojlanib, 2022-yil 22-oktyabrda o‘zining ikkinchi asosiy kampusini, 2023-yil 11-sentyabrda esa uchinchi zamonaviy kampusini Toshkent shahrida ochishga muvaffaq bo‘ldi.
TMC Xalqaro Instituti – bu Singapurning 40 yillik tarixga ega TMC Academy tizimining bir qismi bo‘lib, bugungi kunda institut o‘z faoliyatini 5 ta davlatda muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Institut ta’lim sifati bo‘yicha xalqaro tan olingan ISO 9001, EduTrust va boshqa sertifikatlar bilan taqdirlangan.
Bugungi kunda:
Institutda 10 054 dan ortiq talabalar tahsil olmoqda5 ta xalqaro ta’lim dasturi, 11 ta milliy ta’lim dasturi va 2ta magistratura ta’lim dasturlarida ta’lim berilmoqdaXalqaro dasturlar 100% ingliz tilida olib boriladi va bitiruvchilarga Cardiff Metropolitan University (Buyuk Britaniya) diplomi beriladiTalabalar uchun Singapurda 100% moliyalashtiriladigan yozgi maktablar, pullik amaliyotlar va student mobility dasturlari mavjudO‘qishni Buyuk Britaniya, Singapur, Shveytsariya, Xitoy va Vyetnamda davom ettirish imkoniyati yaratilganTMC talabalari haqiqiy global universitet muhitini his etishadiXalqaro dasturlar
TMC Xalqaro Institutida taklif etilayotgan xalqaro ta’lim dasturlari Buyuk Britaniyaning nufuzli Cardiff Metropolitan University hamda boshqa hamkor universitetlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Ushbu yo‘nalishlarda tahsil olgan talabalar o‘z o‘qishlarini to‘liq ingliz tilida olib boradilar va o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Britaniya universiteti diplomiga ega bo‘ladilar.
Xalqaro yo‘nalishlarga kirish uchun talablar:
Ingliz tili darajasi: IELTS 5.5 yoki TMC Institutining ichki ingliz tili imtihoni (Reading, Writing, Speaking; minimal o‘tish balli – 40%)Hujjatlar: Maktab attestati yoki kollej/litsey diplomiYosh chegarasi: 16 yosh va undan kattaMilliy yo‘nalishlarga kirish uchun talablar:
DTM sertifikati yoki TMC Institutining ichki test imtihoniHujjatlar: Maktab attestati yoki kollej/litsey diplomiTa’lim tili: O‘zbek va rus tillaridaShakllari: Kunduzgi va masofaviyQabul kvotasi 2025–2026 o‘quv yili uchun:
Xalqaro dasturlar: 500 o‘rinMilliy dasturlar: 2000 o‘rin
O‘qish vaqtida ishga joylashish imkoniyatlari
TMC Institute’da faoliyat yurituvchi Karyera markazi talabalarni o‘qish davridayoq ish topishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Ayni paytda 10 dan ortiq iqtidorli va malakali talabalar institut tomonidan rasman ishga qabul qilingan va TMCning o‘zida faoliyat olib bormoqda.
Amaliyot va Xalqaro Tajriba
TMC Institute o‘z talabalariga xalqaro amaliyot imkoniyatlarini ham taqdim etadi. Jumladan:
Singapurda 6 oylik stajirovkaSwiss Hotel Management School (Shveytsariya) amaliyot dasturiWork and Travel dasturlari orqali xorijiy tajriba orttirish imkoniyatiBitiruvdan so‘ng talabalar Karyera markazi tomonidan ishga joylashtiriladi va ularning kasbiy rivojlanishi doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlanadi.
Iqtisodiyot
Bank ishi va audit
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Buxgalteriya hisobi va audit
Logistika
Axborot tizimlari va texnologiyalari
Psixologiya
Pedagogika
Maktabgacha ta‘lim
Boshlang‘ich ta‘lim
Filologiya va tillarni o‘qitish
Business & Management
International Accounting
International Logistics & Trade Finance
Computer Science
Tourism and Hospitality Management
Iqtisodiyot (Magistratura)
Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA)