Orzuyingizdagi Unversitetlarni topib talaba bo'ling!

Universitetlar

22 ta

Yo'nalishlar

247 ta

Arizachilar

1780 ta


Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti standartlar va talablar asosida sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida nodavlat ta’lim muassasasi sifatida tashkil etildi. Bugungi kunga qadar institut O‘zbekistondagi va xorijdagi xalqaro universitetlar va ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi, shuningdek, bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlari, fond va malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini amalga oshiradi. Institutimiz yuqori darajadagi ta'lim sifatini ta'minlaydi, shuningdek muvaffaqiyatli shakllantiriladi va amalga oshiriladi zamonaviy ta'lim texnologiyalari. Toshkent Menejment va Iqtisodiyot instituti o'sishni rag'batlantirishga intilmoqda jamiyat, lekin, avvalambor, ularning talabalarini qo'llab-quvvatlash. Shu sababli Institut talabalar farovonligini oshirish bilan birga yuqori darajadagi o'qitish va tadqiqotlarni ta'minlaydi va qo'llab-quvvatlaydi. Bizning talabalar farovonligiga sodiqligimiz shubhasiz burch va ustuvor vazifadir. Institutning kundalik ishlarida akademik hamjamiyatning barcha a'zolarining faol ishtiroki bizning maqsadlarimizga erishish, targ'ibot dasturlarimizni takomillashtirish va mintaqaning doimiy o'sishiga e'tibor qaratish uchun juda muhimdir.

Toshkent

Batafsil malumot

Osiyo Xalqaro Universiteti raqobatbardosh, pesh qadamda jadal rivojlanib borayotgan zamonaviy va sifatli ta'lim beradigan maskan. O’z karyerasini keyingi bosqichga ko’tarishga intilayotgan har qanday yoshdagi talabalar uchun mo’ljallangan. Universitet nafaqat talabalarga nazariy ta’lim balki ularning kelajakdagi karyeralari uchun amaliy bilim va ko’nikmalar berib boriladi. Talabalar uchun yuqori ko’rsatkichli tashkilotlarda muvaffaqiyatli bo’lishda zarur bo’ladigan bilimlar ko’p yillik tajribaga ega o’qituvchilar tomonidan beriladi. Pedagog kadrlarimiz: Fan nomzodlari, fan doktorlar va professorlar. Universitet 90 ta zamonaviy o’quv xonasi, 7 ta ma’ruza xonalari, kutubxona, ARM xonasi, laboratoriya xonalari bilan to’liq jihozlangan. Zamonaviy infrastruktura: - 150dan ortiq kompyuter texnikasi - Televizorlar, laboratoriyalarga ega o’quv xonalari - Shahar markazida joylashuv - O’zbekiston Respublikasida to’liq tan olinadigan diplom. Universitet bakalavr darajasi uchun 14 ta ta’lim yo’nalishlari, magistratura uchun esa 3 ta ta’lim yo’nalishlarga ega. Ta’kidlash joiz, O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonunning 31-moddasida “Nodavlat oliy ta’lim tashkiloti tomonidan beriladigan diplom davlat oliy ta’lim muassasalari diplomlari bilan teng darajada tan olinadi” O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2022-yil 10-noyabr kuni 047757-raqamli litsenziya Osiyo Xalqaro Universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko’rsatish uchun berildi.

RENAISSANCE UNIVERSITY – zamonaviy va innovatsion taʼlim sifatlari hamda ish beruvchi tashkilot va kompaniyalarning kasbiy mahorat talablariga mos kadrlarlarni tayyorlovchi xususiy oliy ta'lim muassasadir.

Toshkent

Batafsil malumot

ALFRAGANUS UNIVERSITY oliy ta’lim muassasasi sifatida litsenziyaga ega bo‘lgan va dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Ta’lim jarayoniga xorijiy professor-o‘qituvchilar jalb qilingan tarjda o‘tiladi. Oliygoh oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishini yaratib, innovatsion ta’lim asosida zamonaviy bilimga ega yuqori malakali, professional lider kadrlar tayyorlash va ularni jamiyatga implementatsiya qilishni maqsad qilgan. Universitetda ta’lim jarayonlari eng qulay sharoitlarda, zamonaviy metodlar asosida kunduzgi va sirtqi shakllarda olib boriladi.

Toshkent

Batafsil malumot

Turon universiteti 2022 yilda Oʻzbekistonda yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida Qarshi shahrida tashkil etilgan bo'lib hozirda 6 ta ta'lim yo'nalishlarida mutaxassis tayyorlashni niyat qilgan. Turon universiteti bir qator yetakchi va nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalariga ega. Professor oʻqituvchilarimiz darslarni yangi texnologiyalar, zamonaviy dasturlar, fanga boʻlgan yangicha qarashlar bilan olib borishni maqsad qilib olgan. Shuning uchun, aziz ota-onalar, siz oʻz farzandlaringizni bizga ishonib topshirishingiz mumkin. Biz ularni maʼnan yetuk va kasbiy bilimga ega qilib tarbiyalaymiz. Oliygohimiz maqsadlari: -Universitet o'z oldiga xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, pedagogika, xitoy, turk, ingliz, arab va koreys tillari yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston va jahon miqyosida raqobatbardosh, zamonaviy kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilib olgan. -Turon universiteti xorijiy talabalarni universitetga jalb qilish uchun turli xil xalqaro dasturlarni taklif qiladi. Hozirda Turon universiteti 20 ta davlatning 100 dan ziyod universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan, har semestrda 100 nafar xorijiy talabalarni qabul qilish rejalashtirilgan. -Universitetga abituriyentlarni qabul qilish va kirish imtihonlarini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Turon universiteti tomonidan belgilangan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi. -Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Turon universitetining belgilangan namunadagi diplomi beriladi. Turon Universiteti Grantlar: Kirish imtihonida agarda abituriyentda xalqro yoki milliy sertifikatlar mavjud bo'lsa bu holda abituriyent tegishli fanlardagi testdan ozod qilinadi! Sertifikatlar deganda IELTS, CEFR, GMAT, va boshqa fanlardan milliy sertifikatlar hisoblanadi Qo'shma dastrurlar: Economics and Management (Iqtisodiyot va menejment): (1 yil Turon universitetida va 3 yil Chexiyada)

Qashqadaryo

Batafsil malumot

STARS International University - Oʻzbekistondagi eng ko’p xalqaro akkreditatsiyalardan oʻtgan milliy universitet hisoblanadi. 2033-yilgacha bo’lgan rivojlanish strategiyasiga tayangan holda, STARS Universiteti mahalliy va xalqaro talabalar uchun ko’plab noyob imkoniyatlarni taqdim etadi. Noyob imkoniyatlar bilim izlovchilarning keng doirasi uchun xohish-istaklarini cheklamagan holda mavjud: Har bir shaxs uchun teng imkoniyatlar va ochiq ta'lim yaratish boʻyicha universitet strategiyasi doirasida vaqtincha moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslar, shuningdek, imkoniyati cheklangan shaxslarga grantlar va maxsus imtiyozli shartlar taqdim etiladi. STARS Universiteti quyidagilar uchun ideal tanlov hamda yechim bo’la oladi: Turli maktab olimpiadalari va musobaqalari ishtirokchilari A’lo akademik muvaffaqiyatlarga erishgan maktab va kollej bitiruvchilari. Jamiyat hayoti va volontyorlik dasturlarida faol ishtirok etuvchilar. STARS Universitetining mintaqadagi barcha universitetlardan ustunligi xalqaro global sertifikatsiyalarni universitet hisobidan taqdim etishida. Xalqaro sertifikatlarni aynan STARS universitetida olish - bakalavriat dasturini tugatmasdan avval, jamiyatda xalqaro e'tirof va katta moliyaviy imkoniyatlar eshiglarini ochilishidir. Universitetning moliyaviy yo’nalishi bo’lgan 52309000 - Buxgalteriya hisobi va audit bo'yicha milliy Bakalavriat dasturi Britaniya hukumati nomidan faoliyat yurituvchi ECCTIS (UK ENIC) milliy agentligi tomonidan tan olingan va universitet tomonidan berilgan diplom Britaniya universitetlari bakalavriat diplomlariga teng hisoblanadi va nostrifikatsiya talab etilmaydi. STARS Universiteti ACCA asosiy malakasiga oid 9 ta fan, shuningdek, ACCA DipIFR – Diploma in International Financial Reporting boʻyicha o'quv qo'llanmalarni o'zbek tiliga tarjima qilishning eksklyuziv huquqlariga ega. Asosiy bakalavriat yo'nalishi bo'yicha o'qish davomida talabalar universitet hisobidan qo'shimcha ravishda xalqaro darajadagi quyida keltirilgan sertifikatlashdan o'tadilar: Association of Chartered Certified Accountants (ACCA) – Buyuk Britaniya SAP SE – Germaniya Microsoft Global - AQSH STARS Universitetiga qabul 2023/24 o‘quv yili uchun ajratilgan kvota 300 nafardan ko‘p emas. Ariza topshirish muddati 2023-yil 6-iyuldan 26-avgustgacha davom etadi. STARS Universitetiga kirish uchun yosh chegarasi mavjud emas. Har bir abiturient test sinovlaridan o’tkaziladi va alohida ko'rib chiqiladi. Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash STARS Universiteti noyob akademik imkoniyatlar bilan bir qatorda, o'z talabalariga Yevropa, Osiyo va Amerikadagi hech bir universitet taqdim etmaydigan imkoniyatlarni taqdim etadi, xususan: Shartnomaning to'liq narxini 10 muddatli to’lovlarga bo'lib to'lash. Sirtqi bo‘lim talabalari uchun bepul issiq ovqat. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va sanatoriy-kurortlarda davolanishi uchun urli imtiyozlar, shuningdek, bepul sayohatlarni ta’minlovchi universitet hisobidan kasaba uyushmasiga a’zolik. Mamlakatdagi eng yaxshi klinikalaridan birida yillik bepul tibbiy ko'rik. Talabalarni xalqaro konferensiyalar, seminarlar, forumlar va tanlovlarda ishtirok etishlari uchun moddiy jihatdan qo‘llab quvvatlash. Turli musobaqalar va tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalarga pul mukofotlari. Universitet hisobidan Digital Object Identifier (DOI) va International Standard Book Number (ISBN) tizimlarida talabalarning ilmiy maqolalarini indekslashni amalga oshirish. Taqdim etilgan noyob akademik afzalliklar, global sertifikatlash, ijtimoiy qo'llab quvvatlash va shart-sharoitlar asosan STARS universitetini boshqa dunyo universitetlaridan ajratib turadi va sifatli ta'lim, talabalar maqsadlariga erishish va muvaffaqiyatni kafolatlaydi. STARS Universitetining moddiy-texnik infratuzilmasi A. O’quv kampusi STARS Universitetining yuqori texnologiyali o'quv kampusi sifatli ta'limni targ'ib qiluvchi keng imkoniyatlar va zamonaviy resurslari bilan ajralib turadi, jumladan: Ilg'or texnologiyalar, xususan, Smart texnologiyalarga ega sinfxonalar. 500 Mbit/s tezlikdagi bepul Wi-Fi. O'qish va dam olish o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash uchun yaratilgan aktiv dam olish va sport work-out uchun mo’ljallangan hudud. Milliy va xalqaro taomlardan iborat keng menyuga ega, kuniga olti mahal ovqatlanishni taklif qiluvchi, Toshkent bo’ylab yetkazib berish imkoniyatlariga ega zamonaviy oshxona. O‘quv va ilmiy tadqiqotlar uchun qog’oz va elektron ko’rinishda katta hajmdagi resurslarga ega zamonaviy kutubxona. Noyob turdagi o'simliklarga ega hamda toza havoda dam olish zonalari mavjud bo’lgan shaxsiy bog’. Bepul tibbiy maslahat va birinchi yordam ko'rsatadigan tibbiy xizmat. Fors-major holatlarida o’quv binosining shahar elektr ta’minotidan mustaqilligini ta’minlaydigan mustaqil elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun avtonom elektr generatori. O’zining avtomatlashtirilgan statsionar issiq suv va gaz qozonxonasi. Shahar tizimidagi baxtsiz hodisalarda o’quv binosini suv bilan ta'minlaydigan bir necha tonnali mustaqil yer osti suv rezervuari. Shaxsiy GTSH (gaz taqsimlash shahobchasi). Poytaxtning eng ko’zga ko’ringan va borish oson joylaridan biridagi, 17, 24, 83, 98, 199-sonli avtobus yo’nalishlari, 28m, 76-sonli yo’nalishli marshrut taksilari to’xtash joyiga yaqin, Pushkin metro bekatidan 100 metr masofa uzoqlikdagi, shuningdek, Salar temiryo’l vokzali (“Xojikent” va “Janubiy” vokzal stansiyalari oralig’idagi shahar chekkasiga qatnovchi elektr poyezd) yaqinidagi joylashuv. Sport kompleksi STARS Universiteti o‘z talabalarining jismoniy tarbiyasi va salomatligiga alohida e’tibor beradi. Mintaqadagi boshqa ko'plab universitetlardan farqli o'laroq, STARS universitetida jismoniy tarbiya fani majburiydir. STARS Universitetida butun o’qish davri mobaynida, talabalarning jismoniy tarbiyasida, turli xil o'quv va amaliy mashg'ulotlar qo’llaniladi. Har bir talaba bir yoki bir nechta yo'nalishlarni tanlash imkoniyatiga ega, masalan: Suzish Fitness Aerobika Yoga Dzyudo Boks Kurash Basketbol Voleybol Futbol Tennis. Shuning uchun talabalarni go'zal va sog'lom turmush tarzini shakllantirishga undash uchun STARS universitetida jismoniy tarbiya fani majburiydir. STARS Universiteti o‘z talabalariga o’quv binosidan unchalik uzoq bo’lmagan hamda umumiy maydoni 60 gektar bo‘lgan zamonaviy sport majmuasini taqdim etadi. Sport majmusi infratuzilmasiga quyidagilar kiradi: Suzish havzasi Futbol stadioni Yengil atletika stadioni Sport zali Basketbol maydoni Voleybol maydoni Badminton maydoni Tennis korti Boks zali Dzyudo zali Kurash zali (milliy, klassik, erkin) Talabalar turar joyi STARS Universiteti o'zining shahar tashqarisida istiqomat qiluvchi va xalqaro talabalarini qulay, lyuks toifasidagi talabalar turar joyi bilan ta'minlaydi. STARS Talabalar turar joyi quyidagi qulayliklarga ega: Dam olish hududi + PlayStation 5 Shaxsiy Smart TV + 3000 dan ortiq kanallar, 2000 dan ortiq filmlar 500 Mb/s tezlikdagi bepul WI-FI Elektron kalitlariga ega shaxsiy javonlar Zamonaviy alohida yuvinish xonalari va hojatxonalar 24/7 rejimda issiq va sovuq suv Muzlatgichlar Mikroto'lqinli pechlar Kir yuvish mashinalari Namoz xonasi Konditsioner tizimi 24/7 rejimda uzluksiz elektr energiyasi (shaxsiy generator). Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv va yong‘indan himoya qilish tizimlarining mavjudligi. Talabalarning shaxsiy kiyimlari va choyshablari yotoqxona xodimlari tomonidan BEPUL yuviladi va dazmollanadi. STARS Talabalar turar joyi Toshkent shahrining eng qulay joylaridan birida, Mirzo Ulug’bek ko’chasi bo’yida, STARS o'quv binosidan 1.9 kilometr uzoqlikda, Buyuk Ipak Yo'li metro bekatidan 800 metr uzoqlikda hamda 14, 17, 63, 83, 96, 98, 110, 199, 129, 151-sonli avtobuslari, 28m, 137m-sonli marshrut taksilari to’xtash joyiga yaqin joyda joylashgan. STARS Talabalar turar joyi yiliga 12 oy uzluksiz ishlaydi. STARS Universitetiga qabul 2023/24 o‘quv yili uchun ajratilgan kvota 300 nafardan ko‘p emas. Ariza topshirish muddati 2023-yil 6-iyuldan 26-avgustgacha davom etadi. STARS Universitetiga kirish uchun yosh chegarasi mavjud emas. Har bir abiturient test sinovlaridan o’tkaziladi va alohida ko'rib chiqiladi.

Toshkent

Batafsil malumot

Bir paytlar uchta xonadan iborat kichik bir o‘quv markazi sifatida tashkil qilingan "Profi Education" hozirga kelib xususiy bog‘cha, maktablar, o‘quv markazlari tarmog‘iga aylandi. Endigi navbat, albatta, oliygoh edi va biz bu marraga ham yetib keldik. "Profi University" mamlakatimizda pedagog kadrlar va taʼlim boshqaruvi yo‘nalishida o‘z faoliyatini boshlagan ilk xususiy oliygoh hisoblanadi. Hozirga kelib "Profi Education" yana-da rivojlanish, yana-da yangi maktabgacha taʼlim muassasalari va maktablar ochish imkoniyatiga ega, lekin har safar yangi taʼlim dargohi ochganimizda biz kadrlar yetishmovchiligiga duch kelamiz. Yaxshi, tajribali o‘qituvchilar juda kam, borlari ham o‘z ishiga ega, ularni ishlab turgan joyidan bo‘shatib kelish uchun esa o‘qituvchilarga kattaroq maosh, qulayroq sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berishimiz kerak bo‘ladi. Bu albatta o‘qituvchi uchun yaxshi, lekin xususiy taʼlimning narxini oshirib yubormoqda. Natijada farzandini xususiy maktabda o‘qitish istagidagi ota-onalarning ko‘pchiligi xususiy taʼlim xizmatlaridan foydalana olishmayapti. Ayni vaqtda "Profi University"ning Toshkent va Navoiy shaharlarida filiallari mavjud. Hozirgi kunda universitetda 5000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Siz "Profi University"da quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olishingiz mumkin: 1. O‘zbek tili va adabiyoti 2. Bank ishi va auditi 3. Iqtisodiyot 4. Buxgalteriya hisobi va audit 5. Turizm 6. Marketing 7. IT (Axborot texnologiyalari va tizimlari) 8. Ta’lim menejmenti 9. Maktabgacha ta’lim 10. Boshlang‘ich ta’lim 11. Pedagogika-psixologiya 12. Rus tili 13. Ingliz tili

Toshkent

Batafsil malumot

Maqsadimiz - buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o’rgangan, yuksak ma’naviyatli, yuqori malakali zamonaviy kadrlar tayyorlash

Toshkent

Batafsil malumot

Oliy ta’limni nufuzli va zamonaviy universitetda olmoqchimisiz? Sifatli ta'lim, individual yondashuv va rivojlanish uchun keng imkoniyatlar taklif qiladigan universitetni qidiryapsizmi? Unday bo’lsa siz e’tiboringizni O’zbekistondagi eng yaxshi universitetlardan biri bo’lgan University of Science and Technologies (USAT) ga qaratishingiz lozim. USAT respublikamizdagi iqtisodiyot, moliya, ta’lim, psixologiya va turizm kabi ko’plab sohalarda kadrlar tayyorlovchi nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2022-yil 27-iyul kuni berilgan № 048714 litsenziyasi asosida mamlakatda o’z faoliyatini yuritadi. University of Science and Technologies 2022-yilning sentyabr oyidan boshlab talabalarni o’qitmoqda. Hozirda universitetda 4000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda va 80 dan ortiq professor-o’qituvchilar sifatli ta’lim berib kelmoqda. Universitet xalqaro standartlar asosida, xorijiy taʼlim muassasalari tajribasiga asoslangan holda faoliyat olib borishi rejalashtirilgan. Universitet faoliyatining o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish kredit-modul taʼlim tizimi asosida amalga oshirilib, o‘quv mashg‘ulotlari yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy texnologiyalar va o‘quv materiallari asosida olib boriladi. Universitetda talabalar uchun zamonaviy o‘quv adabiyotlari va kompyuter texnikalari bilan jihozlangan axborot resurs markazi, elektron kutubxona, bufet va tibbiyot xonalari faoliyat olib boradi. Universitet binosi to‘liqligicha Wi-Fi tarmog‘i bilan qamrab olingan bo‘lib talabalarning internet resurslaridan foydalanishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Shuningdek, iqtidorli va akademik muvaffaqiyatga erishgan talabalar uchun “Fan javohirlari” granti taqdim etiladi. Nega USATni tanlash kerak? Fan va texnologiyalar sohasida sifatli ta'lim olishni xohlaysizmi? Unda siz xalqaro standartlar asosida tuzilgan ta’lim dasturlari, yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va zamonaviy infratuzilmani taklif etuvchi O‘zbekistondagi eng yaxshi universitetlardan biri – University of Science and Technologies'ni tanlashingiz kerak. USAT - sizning potentsialingizni ro'yobga chiqarish, iste'dodlaringizni kashf etish va mehnat bozorida talabgir mutaxassis bo'lib yetishishingizga yordam beradi. Ishonchimiz komil, bizning universitetimiz sizning o'qish va rivojlanishingiz uchun eng yaxshi imkoniyatlarni taqdim etadi. Sizni universitetimiz talabalari qatoriga qo'shilishga va tanlagan sohangizda muvaffaqiyat sari yo’lingizni boshlashga taklif qilamiz.

Toshkent

Batafsil malumot

Buxoro innovatsion tibbiyot instituti tibbiy ta'lim asosida malakali shifokorlar yetishtirib beruvchi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi. Institutda davolash ishi va stomatologiya yo'nalishlari mavjud. Yoshlar va tashkiliy ishlar bo'yicha bo'lim va Talabalar yotoqxonasi nazoratchilari bakalavrda tahsil olayotgan talabalarni TTJ yotoqxonasiga qabul qilishni nazorat qiladi, shuningdek, talabalar turar joylarini ro’yxatdan o’tkazish va fuqarolarni talabalar turar joylariga joylashtirishni boshqaradi. Talabalar turar joyi uch (3) qavatli qulay yotoqxona bo’lib, 300 nafargacha talabani o’z ichiga sig’dira oladi. BITI talabalar TTJ da qulay yashashlari uchun barcha yuqori sifatli sharoitlar bilan ta’minlaydi. Intellektual fazilat markazi sifatida institut ta'lim va tadqiqotning ikki qanotiga ko'tarilish orqali o'z vazifasini ilgari suradi. Biz baribir xorijiy tajribaga murojaat qilishimiz kerak, biz tizimni oyoqqa qo‘ydik, lekin tizim har doim takomillashuvga muhtoj. Biz o‘zgarishlar yo‘lidamiz. Mening maqsadim shifokorlarni tarbiyalashga qaratilgan innovatsion ta'lim oliygohini boshlash. Bunday sa'y-harakatlar orqali men nodavlat oliy ta'lim muassasa haqidagi an'anaviy fikrlarni o'zgartirish niyatidaman. BITI raqobatbardoshlik qobiliyatini ko'rsatgan talabalarni jalb qilibgina qolmay, xalqimizning har bir burchagidan kashf qilinmagan iste'dod marvaridlarini qidiradi va ularga haqiqiy salohiyatini ro'yobga chiqarishga yordam beradi. Oliygohlarda kuni kechagacha ro'y berayotgan forma va soqol masalasida hozirgi ta'lim muhitidan chiqib, biz talabalarimizga sifatli ta'lim berishga e'tibor qaratamiz va shu bilan buyuk shifokorni tarbiyalaymiz, zero oliy maqsadimiz "Inson umrini uzaytirish"dir.

Qarshi Xalqaro Universiteti, O'zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyatida joylashgan zamonaviy universitetlardan biridir. Universitet 1991 yilida tashkil etilgan va shu kungacha o'zining O'zbekiston Respublikasi va mintaqaviy mamlakatlarda ahamiyatli ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirgan. Universitetning asosiy maqsadi, O'zbekiston Respublikasi bilim va ta'limni rivojlantirishga yordam berish, davlat siyosati, iqtisodiyot, tibbiyot, jismoniy tarbiya va sport, insoniyat fanlari kabi sohalarda ilmiy-tadqiqotlarni olib borishdir. Qarshi Xalqaro Universitetida 16 ta fakultet va 3 ta kafedra mavjud. Universitetda fanlar bo'yicha bakalavriyat, magistratura va doktorantura ta'limi beriladi. Universitetning o'quv-metodik xizmati katta talabalar va o'qituvchilarni yordam berish uchun jihatdan katta ahamiyatga ega. Universitet o'zida zamonaviy laboratoriyalar, kompyuter sinflari, elektron kutubxonalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, moliya-majburiyatlarni bajarish markazlari va boshqa innovatsion yondashuvlarga ega. Bundan tashqari, universitet, tadqiqotlar va ilmiy-texnik xizmatlar markazini, tarixi va madaniy merosi muzeumini, ijtimoiy-axborot markazini, sport kompleksini, uchrashuv va konferents zallarini ham o'zida mujassamlashtirgan. Qarshi Xalqaro Universiteti, yuqorida aytib o'tilgan maqsadlarni amalga oshirishda, o'quv-tadqiqot faoliyatini yuksaltirish, O'zbekistonning taraqqiyotiga xizmat qilishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, tashqi hamkorlar bilan hamkorlikni mustahkamlashga, taraqqiyotni yanada tezlashtirishga va dunyo bilan aloqalarni o'zgartirishga harakat qilmoqda.

Qashqadaryo

Batafsil malumot

Namangan shahrida yangi OTM — University of Business and Science ochildi. Undagi dasturlar xalqaro standartlar asosida tuzilgan. Universitet birdaniga yettita fakultetga kechki qabulni boshlagani bejizdan emas — OTM imkon boricha hamma uchun qulay sharoitlarni yaratishni maqsad qilgan hamda kontrakt asosida hamyonbop o‘qish siyosatini qo‘llaydi. Kunduzgi, sirtqi va kechki o‘qish shakllari O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziya asosida olib boriladi. Ta’lim muassasasi tomonidan qulay o‘qish uchun allaqachon sharoitlar yaratilgan. Hozirgi kunda quyidagi fakultetlarga hujjat qabul qilinishi boshlangan: axborot tizimlari va texnologiyalar (bakalavr); iqtisodiyot (bakalavr); xalqaro amaliy buxgalteriya (bakalavr); pedagogika va psixologiya (bakalavr); boshlang‘ich ta’lim (bakalavr); maktabgacha ta’lim (bakalavr); ingliz filologiyasi va adabiyoti (bakalavr). Abituriyentlar Davlat test markazining imtihon natijalariga ko‘ra quyidagi shartlar asosida 1-kursga kirish imkoniyatiga ega: kunduzgi ta’lim shakliga kirish — DTM bo‘yicha imtihon natijalariga ko‘ra umumiy ball 60+; kechki va sirtqi ta’lim shaklida o‘qish uchun — DTM bo‘yicha umumiy ball 50+. Qolaversa, DTM mavjud bo‘lmasa, quyidagi fakultetlarning darslariga ko‘ra universitetning ichki imtihonini va suhbat asosida talabalikka qabul qilish uchun imkoniyatlar mavjud: “Xalqaro amaliy buxgalteriya”, “Iqtisodiyot” va “Boshlang‘ich ta’lim” fakultetlariga kirish uchun — matematika bo‘yicha umumiy test va davlat tilini bilish bo‘yicha test. “Pedagogika va psixologiya” va “Maktabgacha ta’lim” fakultetlariga kirish uchun — biologiya va davlat tili bo‘yicha umumiy test. “Axborot tizimlari va texnologiyalar” fakultetiga kirish uchun —matematika va fizika bo‘yicha umumiy testlar. “Ingliz filologiyasi va adabiyoti” fakultetiga kirish uchun — ingliz tili va davlat tili bo‘yicha umumiy testlar.

Namangan

Batafsil malumot

Toshkentdagi TMC xalqaro instituti Singapurning TMC akademiyasining bir qismi hisoblanadi. Hozirgi paytda institut dunyoning 5 ta mamlakatida o‘z faoliyatini olib boradi va 40 yillik tarixga ega. O‘z faoliyati davomida ta’lim dargohi ISO 9001, sifat standarti, EduTrust va boshqa ta’lim sertifikatlari bilan taqdirlangan. TMC instituti Toshkentda 2021-yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda unda 5000 tadan ziyod talaba ta’lim olmoqda. Institut 5 ta xalqaro ta’lim dasturi, 4 ta milliy dasturni taqdim etadi. Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin. Xalqaro dasturlar Xalqaro dasturlar Britaniya University of Northampton bilan hamkorlikda yaratilgan. Ushbu yo‘nalishlardan biriga kirgan talaba Britaniya ta’lim standartlari bo‘yicha ingliz tilida ta’lim va diplom oladi. Grant TMC xalqaro dasturlar bo‘yicha 10 ta grant o‘rniga ega. 4 yillik bepul ta’lim olish uchun talabalardan quyidagilar talab etiladi: 1. Maktabni a’lo baholarga bitirgan bo‘lishi. 2. IELTS bo‘yicha 7.5 va undan yuqori ballga ega bo‘lishi, yoki ichki ingliz tili imtihonini topshirib, kamida 80% ball oling. 3. Institutning ilmiy komissiyasi bilan suhbatdan o‘tishi. 4. Berilgan mavzu bo‘yicha esse yozishi. Stajirovka Bundan tashqari, institut talabalarga Singapurda 6 oylik stajirovka yoki Swiss Hotel Management School (Shveysariya) va Work and Travel dasturini taklif etadi. Institutni tugatgandan keyin bitiruvchilar Karyera markazi tomonidan ishga joylanadi va karyera sohasida qo‘llab-quvvatlanadi.

Toshkent

Batafsil malumot

Renessans Ta'lim Universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2022-yil 18-noyabrdagi 049194-sonli davlat litsenziyasi asosida tashkil etilgan boʻlib, oʻzbek, rus va ingliz tillarida taʼlim beradi. O‘quv faoliyatini mahalliy va xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari bitiruvchisi bo‘lgan xalqaro va mahalliy professor-o‘qituvchilar olib boradilar. Bizning vazifamiz: universitetni jamiyat va iqtisodiyotning zamonaviy taraqqiyoti chaqiriqlariga samarali javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan milliy va xalqaro miqyosda tan olingan ilmiy-ta’lim markazi darajasiga ko‘tarish. Afzalliklari: O’qish davomida IELTS, CEFR, TOEFL sertifikatiga ega bo'lish DUAL ta'lim-ishlab turib o'qish imkoniyati 14 ta yo'nalish 3 xil ta'lim shaklda Germaniyada GRANTda o'qish imkoniyati Iqtisod bo'yicha xalqaro sertifikatga ega bo'lish AKT bo'yicha xalqaro sertifikatga ega bo'lish O’zbekiston va Jahon standartidagi DIPLOM Bizning kampus: YANGI O'QUV YILI YANGI Binoda! UNIVERSITETimizning yangi binosida yangi 2023/2024 o'quv yili uchun o'quv jarayonlari boshlanadi. Ayni paytda binoda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bino Toshkent shahrining istalgan nuqtasidan borish mumkin bo‘lgan qulay joyda joylashgan bo‘lib, sifatli ta’lim olish uchun barcha sharoit va zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlangan. Sentyabr oyidan boshlab o‘quvchilarimiz yangi zamonaviy binoda professional o‘qituvchilarimizdan zamonaviy bilim olishni boshlaydi. Bakalavr haqida: Renessans Ta'lim Universitetida hozirda 31 ta bakalavriat yoʻnalishi mavjud boʻlib, talabalar matematika, tarix, falsafa, adabiyot, pedagogika, jahon iqtisodiyoti, xalqaro munosabatlar, turizm, bank, moliya, buxgalteriya hisobi yoʻnalishlarini oʻrganadilar hamda soliq sohasida zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻladilar. , axborot tizimlari. , IT, dizayn.

Toshkent

Batafsil malumot

Bizning universitet hozirgi kunda eng talab yuqori bo`lgan yo`nalishlar asosida zamonaviy IT-texnologiyalari, iqtisodiyot, moliya va pedagogik kadrlar tayyorlovchi taʼlim muassasi hisoblanadi Axborot texnologiyalari va menejment universiteti, bugungi kunda ahamiyatli yonalishlardan biri hisoblanadi. Bu universitetning o'ziga xos yondashuvlari va o'zining faoliyatining tushunchalariga ko'ra, uni ijobiy fikrlar bilan ta'riflash mumkin. Axborot texnologiyalari sohasi, kompyuter tizimlarini va ulardan foydalanish usullarini o'rganish, ma'lumotlar tahlili va nazorati, internet va yunalishlari, avtomatlashtirish, yangi texnologiyalarni o'rganish va ularni amaliyotda qo'llash kabi bir qancha yo'nalishlarni o'z ichiga oladi. Bu sohani o'rganish insonlar uchun yangi xavfsiz va qulay tizimlar yaratish imkoniyatlarini ochadi va ularga eng so'nggi xabarlar, yozuvlar, ma'lumotlar va boshqa axborotlar mavjud bo'lishi mumkin. Menejment sohasi esa, boshqaruvning bir qancha yo'nalishlari bilan bog'liqdir. Bu sohani o'rganish, tashkilotni yaxshi boshqarish va uning faoliyatini rivojlantirishning eng yaxshi usullarini o'rganish, tashkilotning qo'shimcha xizmatlarni ko'rsatish, ish faoliyatini rivojlantirish, ommaviy xizmatlarni ko'rsatish, ishchi tayyorlash va boshqa bir qancha muammolarni hal qilishni o'z ichiga oladi.

Qashqadaryo

Batafsil malumot

TTU bu zamonaviy va sifatli ta'lim kafolati. Bizning universitetda mavjud bo'lgan samarali o'quv dasturlari, zakovatli professorlar, xalqaro darajadagi metodikalar, progressiv ilmiy muhit, ilg'or texnologiyalar va zamonaviy sharoitlarning barchasi talabalar muvaffaqiyati uchun tashkillashtirilgan. Toshkent Texnologiyalar Universiteti O'zbekiston Respublikasi Oliy Ta'lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan 2023 yil 8-fevralda berilgan 062346 sonli davlat litsenziyaga asosan faoliyat ko'rsatadi. O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning 31-moddasiga muvofiq TTU bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan Diplom beriladi.

Toshkent

Batafsil malumot

Navoiy Innovatsiyalar Instituti O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-martdagi "Navoiy innovatsiyalar instituti tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5356-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Institut tashkil topgan sana esa, 2018-yilning mart oyining oxirida yoki aprelin boshida bo'lishi mumkin.“Navoiy innovatsiyalar instituti” - Yangi olam, yangi jamiyatda ilg'or texnologiyalar innovatsiyalar asosida yetuk mutaxassislarni tayyorlash maskani. Mazkur Oliy Ta’lim Muassasa Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan 2022 yil 6 avgust kuni berilgan №047758 sonli Litsenziya asosida oliy taʼlim xizmatlari koʼrsatadi. Ta’lim jarayoni to’liq davlat ta’lim standartlarida olib borilganligini inobatga olgan xolda Navoiy innovatsiyalar instituti bitiruchilari davlat OTMlari diplomi maqomida hisoblanadi. Navoiy innovatsiyalar institutiga kirish imtihonlar DTM darajasidagi majburiy va asosiy fanlardan test shaklida bo’lib o’tadi. Navoiy innovatsiyalar institutida ta’lim olish uchun shartnoma summasini bir yilga to’liq yoki har semestr uchun alohida alohida xolda amalga oshirish imkoni beriladi. Navoiy innovatsiyalar institutida ta’lim to’lov kontrakt asosida tashkil etilishi bilan bir qatorda, iqtidorli talabalar uchun maxsus imtiyozlar taqdim etiladi

2022-yilda tashkil etilgan Toshkent Xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti yuqori sifatli taʼlim mutaxassislarini tayyorlashga yoʻnaltirilgan nodavlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oliy ta’lim sohasida faoliyat yuritish huquqini beruvchi 056223-sonli litsenziyaga ega. Bizning oliy maqsadimiz, talabalar va xodimlar uchun qulay o‘quv muhitini yaratish va shunga bog‘liq qadriyatlarni shakllantirish, shu orqali kelajak avlodlar hayot sifatini yaxshilashga zamin yaratish. Bizning vazifamiz, talabalarning intellektual, ilmiy va kasbiy salohiyatini rivojlantirish va ro‘yobga chiqarishga mos bo‘lgan o‘quv programmalari va dasturlarini taklif qilish. Shu orqali yetuk, malakali, raqobatbardosh va zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash. Bularni biz oliy ta’lim sohasida katta tajribaga ega bo’lgan professor-o‘qituvchilar jamoasi, barcha sharoitlarga ega zamonaviy o'quv binosi va mukammal o'quv dasturi orqali amalga oshiramiz. Davlat namunasidagi diplomga ega universitetimiz bitiruvchilari kelajakda innovator, tadbirkor, ijodkor va ishbilarmon bo‘lib davlat va nodavlat tashkilotlarda o'z sohalarining yetuk mutaxassislari bo'lib yetishadilar. TIFT Universitetida qabul 2023-2024 - 18 ta bakalavr va 3 ta magistratura yo'nalishlari bo'yicha qabul jarayonlari davom etmoqda. Bundan tashqari Xorijiy, davlat va nodavlat OTMdan mos va turdosh yo'nalishlar bo'yicha o'qishni ko‘chirish (perevod) mumkin Ta'lim tillari: O'zbek va rus Ta'lim shakllari: Kunduzgi, Sirtqi va Kechki Grant dasturlari: TIFT Universiteti granti - 12 mlrd so'm (200 ta o'rin), Davlat granti - 600 mln so'm (10 ta o'rin) TIFT Universitetida o'qish afzalliklari 1. Qulay kontrakt narxlari (10-15 mln so'm) 2. Qulay joylashuv - Poytaxt qoq markazi zamonaviy o'quv binosi 3. Sifatli ta'lim - yuqori malakali, xalqaro tajribaga ega professor-o'qituvchilar jamoasi tomonidan interfaol va zamonaviy ta'lim 4. Nufuzli kompaniyalar bilan hamkorlik - 2-3 kursdan sirtqi va kunduzgi talabalar uchun amaliyot va ishlash uchun imkoniyat yaratilgan 5. Faol ijtimoiy hayot - Talabalarni faol ijtimoiy hayotini qo'llab-quvvatlash va ular uchun barcha qulayliklarni yaratish

Toshkent

Batafsil malumot

Bir paytlar uchta xonadan iborat kichik bir o‘quv markazi sifatida tashkil qilingan "Profi Education" hozirga kelib xususiy bog‘cha, maktablar, o‘quv markazlari tarmog‘iga aylandi. Endigi navbat, albatta, oliygoh edi va biz bu marraga ham yetib keldik. "Profi University" mamlakatimizda pedagog kadrlar va taʼlim boshqaruvi yo‘nalishida o‘z faoliyatini boshlagan ilk xususiy oliygoh hisoblanadi. Hozirga kelib "Profi Education" yana-da rivojlanish, yana-da yangi maktabgacha taʼlim muassasalari va maktablar ochish imkoniyatiga ega, lekin har safar yangi taʼlim dargohi ochganimizda biz kadrlar yetishmovchiligiga duch kelamiz. Yaxshi, tajribali o‘qituvchilar juda kam, borlari ham o‘z ishiga ega, ularni ishlab turgan joyidan bo‘shatib kelish uchun esa o‘qituvchilarga kattaroq maosh, qulayroq sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berishimiz kerak bo‘ladi. Bu albatta o‘qituvchi uchun yaxshi, lekin xususiy taʼlimning narxini oshirib yubormoqda. Natijada farzandini xususiy maktabda o‘qitish istagidagi ota-onalarning ko‘pchiligi xususiy taʼlim xizmatlaridan foydalana olishmayapti. Ayni vaqtda "Profi University"ning Toshkent va Navoiy shaharlarida filiallari mavjud. Hozirgi kunda universitetda 5000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Siz "Profi University"da quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olishingiz mumkin: 1. O‘zbek tili va adabiyoti 2. Bank ishi va auditi 3. Iqtisodiyot 4. Buxgalteriya hisobi va audit 5. Turizm 6. Marketing 7. IT (Axborot texnologiyalari va tizimlari) 8. Ta’lim menejmenti 9. Maktabgacha ta’lim 10. Boshlang‘ich ta’lim 11. Pedagogika-psixologiya 12. Rus tili 13. Ingliz tili




Biz haqimizda

GRAND TRAVEL TOURS' sizga o'zingizga qiziq bo'lgan o'quv maskanlarida o'qishingizga amaliy ko'mak beruvchi tashkilot.

Biz sizga O'zbekiston va Cheteldagi universitetlarga
- hujjat topshirishda
- yotoqxona masalalarida
- o'qish imkoniyatlari
- kontrakt narxlari va grantlar
- o'quv muaassasining salohiyati
haqida ma'lumot bermiz va ko'maklashamiz.

Siz istalgan vaqtda bizga o'zingizni qiziqtirgan savollaringizga javob topishingiz mumkin.