Orzuyingizdagi Unversitetlarni topib talaba bo'ling!

Universitetlar

22 ta

Yo'nalishlar

247 ta

Arizachilar

1753 ta


Bir paytlar uchta xonadan iborat kichik bir o‘quv markazi sifatida tashkil qilingan "Profi Education" hozirga kelib xususiy bog‘cha, maktablar, o‘quv markazlari tarmog‘iga aylandi. Endigi navbat, albatta, oliygoh edi va biz bu marraga ham yetib keldik. "Profi University" mamlakatimizda pedagog kadrlar va taʼlim boshqaruvi yo‘nalishida o‘z faoliyatini boshlagan ilk xususiy oliygoh hisoblanadi. Hozirga kelib "Profi Education" yana-da rivojlanish, yana-da yangi maktabgacha taʼlim muassasalari va maktablar ochish imkoniyatiga ega, lekin har safar yangi taʼlim dargohi ochganimizda biz kadrlar yetishmovchiligiga duch kelamiz. Yaxshi, tajribali o‘qituvchilar juda kam, borlari ham o‘z ishiga ega, ularni ishlab turgan joyidan bo‘shatib kelish uchun esa o‘qituvchilarga kattaroq maosh, qulayroq sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berishimiz kerak bo‘ladi. Bu albatta o‘qituvchi uchun yaxshi, lekin xususiy taʼlimning narxini oshirib yubormoqda. Natijada farzandini xususiy maktabda o‘qitish istagidagi ota-onalarning ko‘pchiligi xususiy taʼlim xizmatlaridan foydalana olishmayapti. Ayni vaqtda "Profi University"ning Toshkent va Navoiy shaharlarida filiallari mavjud. Hozirgi kunda universitetda 5000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Siz "Profi University"da quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olishingiz mumkin: 1. O‘zbek tili va adabiyoti 2. Bank ishi va auditi 3. Iqtisodiyot 4. Buxgalteriya hisobi va audit 5. Turizm 6. Marketing 7. IT (Axborot texnologiyalari va tizimlari) 8. Ta’lim menejmenti 9. Maktabgacha ta’lim 10. Boshlang‘ich ta’lim 11. Pedagogika-psixologiya 12. Rus tili 13. Ingliz tili

Navoiy Innovatsiyalar Instituti O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-martdagi "Navoiy innovatsiyalar instituti tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5356-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Institut tashkil topgan sana esa, 2018-yilning mart oyining oxirida yoki aprelin boshida bo'lishi mumkin.“Navoiy innovatsiyalar instituti” - Yangi olam, yangi jamiyatda ilg'or texnologiyalar innovatsiyalar asosida yetuk mutaxassislarni tayyorlash maskani. Mazkur Oliy Ta’lim Muassasa Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan 2022 yil 6 avgust kuni berilgan №047758 sonli Litsenziya asosida oliy taʼlim xizmatlari koʼrsatadi. Ta’lim jarayoni to’liq davlat ta’lim standartlarida olib borilganligini inobatga olgan xolda Navoiy innovatsiyalar instituti bitiruchilari davlat OTMlari diplomi maqomida hisoblanadi. Navoiy innovatsiyalar institutiga kirish imtihonlar DTM darajasidagi majburiy va asosiy fanlardan test shaklida bo’lib o’tadi. Navoiy innovatsiyalar institutida ta’lim olish uchun shartnoma summasini bir yilga to’liq yoki har semestr uchun alohida alohida xolda amalga oshirish imkoni beriladi. Navoiy innovatsiyalar institutida ta’lim to’lov kontrakt asosida tashkil etilishi bilan bir qatorda, iqtidorli talabalar uchun maxsus imtiyozlar taqdim etiladi




Biz haqimizda

GRAND TRAVEL TOURS' sizga o'zingizga qiziq bo'lgan o'quv maskanlarida o'qishingizga amaliy ko'mak beruvchi tashkilot.

Biz sizga O'zbekiston va Cheteldagi universitetlarga
- hujjat topshirishda
- yotoqxona masalalarida
- o'qish imkoniyatlari
- kontrakt narxlari va grantlar
- o'quv muaassasining salohiyati
haqida ma'lumot bermiz va ko'maklashamiz.

Siz istalgan vaqtda bizga o'zingizni qiziqtirgan savollaringizga javob topishingiz mumkin.