Orzuyingizdagi Unversitetlarni topib talaba bo'ling!

Universitetlar

22 ta

Yo'nalishlar

247 ta

Arizachilar

1753 ta


Namangan shahrida yangi OTM — University of Business and Science ochildi. Undagi dasturlar xalqaro standartlar asosida tuzilgan. Universitet birdaniga yettita fakultetga kechki qabulni boshlagani bejizdan emas — OTM imkon boricha hamma uchun qulay sharoitlarni yaratishni maqsad qilgan hamda kontrakt asosida hamyonbop o‘qish siyosatini qo‘llaydi. Kunduzgi, sirtqi va kechki o‘qish shakllari O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziya asosida olib boriladi. Ta’lim muassasasi tomonidan qulay o‘qish uchun allaqachon sharoitlar yaratilgan. Hozirgi kunda quyidagi fakultetlarga hujjat qabul qilinishi boshlangan: axborot tizimlari va texnologiyalar (bakalavr); iqtisodiyot (bakalavr); xalqaro amaliy buxgalteriya (bakalavr); pedagogika va psixologiya (bakalavr); boshlang‘ich ta’lim (bakalavr); maktabgacha ta’lim (bakalavr); ingliz filologiyasi va adabiyoti (bakalavr). Abituriyentlar Davlat test markazining imtihon natijalariga ko‘ra quyidagi shartlar asosida 1-kursga kirish imkoniyatiga ega: kunduzgi ta’lim shakliga kirish — DTM bo‘yicha imtihon natijalariga ko‘ra umumiy ball 60+; kechki va sirtqi ta’lim shaklida o‘qish uchun — DTM bo‘yicha umumiy ball 50+. Qolaversa, DTM mavjud bo‘lmasa, quyidagi fakultetlarning darslariga ko‘ra universitetning ichki imtihonini va suhbat asosida talabalikka qabul qilish uchun imkoniyatlar mavjud: “Xalqaro amaliy buxgalteriya”, “Iqtisodiyot” va “Boshlang‘ich ta’lim” fakultetlariga kirish uchun — matematika bo‘yicha umumiy test va davlat tilini bilish bo‘yicha test. “Pedagogika va psixologiya” va “Maktabgacha ta’lim” fakultetlariga kirish uchun — biologiya va davlat tili bo‘yicha umumiy test. “Axborot tizimlari va texnologiyalar” fakultetiga kirish uchun —matematika va fizika bo‘yicha umumiy testlar. “Ingliz filologiyasi va adabiyoti” fakultetiga kirish uchun — ingliz tili va davlat tili bo‘yicha umumiy testlar.

Namangan

Batafsil malumot



Biz haqimizda

GRAND TRAVEL TOURS' sizga o'zingizga qiziq bo'lgan o'quv maskanlarida o'qishingizga amaliy ko'mak beruvchi tashkilot.

Biz sizga O'zbekiston va Cheteldagi universitetlarga
- hujjat topshirishda
- yotoqxona masalalarida
- o'qish imkoniyatlari
- kontrakt narxlari va grantlar
- o'quv muaassasining salohiyati
haqida ma'lumot bermiz va ko'maklashamiz.

Siz istalgan vaqtda bizga o'zingizni qiziqtirgan savollaringizga javob topishingiz mumkin.